Qayd etilishicha, Joriy yil 1yun kungi Tovar-xomashyo birja savdolariga qoʻyilgan bir tonna shakarning narxi 12 500,1 ming soʻmni tashkil etgan boʻlsa, 10-iyun kungi birja savdolarida shakarning narxi 14 554,5 ming soʻmga yetdi va oy boshiga nisbatan 16,4 % (2 054,4 ming soʻm)ga oshgan. Ushbu davr mobaynida shakarning oʻrtacha narxi bir tonna mahsulot uchun 13 108,4 ming soʻmdan iborat boʻlgan.

1-10-iyun kungi birja savdolariga jami 19 646,0 tonna shakar qoʻyilgan boʻlib, bir kunlik savdolarga oʻrtacha 2 455,8 tonnadan toʻgʻri keldi. Jumladan, oy boshida 3 000 tonna shakar birja savdolarida sotilgan boʻlsa, 10-iyun kungi savdolarda 2 002 tonna yoki 33,3 % (998 tonna) kam shakar realizatsiya qiligan.

2022-yil 1-10-iyun kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjalarida sotilgan shakarning
minimal va maksimal narxlari hamda hajmlari tahlili

2022-yil iyun oyining dastlabki oʻn kunligida Respublika Tovar-xomashyo birjalarida sotilgan shakarning minimal bahosi bir tonna mahsulot uchun 11 984,7 ming soʻmni, maksimal narxi 14 554,5 ming soʻmni tashkil etdi va oʻrtacha narx esa 13 108,4 ming soʻmdan toʻgʻri keldi.

Shuningdek, birja savdolarida taklif etilgan shakarning eng kam hajmi 7-8-iyun kunlari ( 2000 tonnadan) kuzatilgan. Eng koʻp hajmi (3072 tonna) esa 3-iyun kungi savdolarga toʻgʻri kelgan. Ushbu davr oraligʻida bir kunlik savdolarda oʻrtacha 2 456 tonnadan shakar sotilgan.