Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning aprel-may oylarida DTM tomonidan akademik litseylarning 2021/2022 o'quv yili bitiruvchilaridan ikki bosqichdan iborat saralash imtihonlari o'tkazildi.

Unda ishtirok etish uchun maxsus elektron platformadan ro'yxatdan o'tib, imtihonda qatnashgan 4065 nafar akademik litsey o'quvchilaridan 1 226 nafari B2 sertifikatiga ega bo'lishdi. Ushbu ko'rsatkich 2020/2021 o'quv yiliga nisbatan ikki barobarga ortgan.

Hukumatning tegishli qaroriga asosan ushbu sertifikatga ega bo'lgan akademik litsey o'quvchilari (abiturientlar)ga OTMga o'qishga kirishda belgilangan imtiyoz, ya'ni ushbu fandan imtihonsiz maksimal ball beriladi, deyiladi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi rasmiy telegram sahifasida.