Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, respublikamizda 2021-yilning yanvar-iyun oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 45,8 trillion soʻmni yoki 2020-yilning mos davriga nisbatan 98,3 foizni tashkil etdi.

Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 40,7 foizni tashkil qildi.

Mazkur davrda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan:

4 724,0 ming tonna – don ekinlari;

3 174,9 ming tonna – sabzavot;

1 543,8 ming tonna – kartoshka;

211,9 ming tonna – poliz;

938,6 ming tonna – meva va rezavorlar;

45,5 ming tonna – uzum yetishtirildi.