1-apreldan 700 ming nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi emlandi

    Salomatlik 1 May 2021 448

    Aholining xavf osti guruhlarining koronavirusga qarshi emlash koʻrsatkichlari shu yilning 30-aprelgacha boʻlgan holatga koʻra quyidagicha:

    65 yosh va undan katta fuqarolar — 343 532 nafar;

    tibbiyot xodimlari — 262 570 nafar;

    maktab oʻqituvchilari — 71 443 nafar;

    maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlari — 22 876 nafar;

    surunkali kasalligi bor fuqarolar — 18 050 nafar

    Shu kungacha vaksina qabul qilgan fuqarolarning 323 772 nafari AstraZeneca, 391 478 nafari ZF-UZ-VAC2001 bilan emlangan. Shuningdek, yaqinda yurtimizga olib kelingan “Sputnik V” (rasmiy nomi “Gam-KOVID-Vak”) vaksinasi bilan 3221 nafar 65 yoshdan oshgan fuqaro emlangan.