1 avgustdan boshlab teatrlarda biletlar yagona elektron tizim orqali sotiladi

    Turizm 26 May 2020 1586

    “O'zbekiston Respublikasida muzey va teatrlarning marketing faoliyati samaradorligini oshirish to'g'risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

    Unga ko'ra:

    2020 yil 1 avgustdan boshlab Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri, O'zbekiston milliy akademik drama teatri, Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatri va “Buxoro” davlat muzey-qo'riqxonasida chiptalarni sotish blokcheyn texnologiyasi asosida Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimi (BOYAeT) orqali amalga oshiriladi;

    Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari birinchi navbatda madaniyat ob'ektlariga olib boradigan yo'llarda turistik axborot-ishora belgilarini o'rnatilishini ta'minlaydi;

    madaniyat ob'ektlarning ma'muriyati ob'ekt hududida joylashgan sanitariya-gigiena shoxobchalarining bepul faoliyat ko'rsatishini va ularga olib boradigan belgilar o'rnatilishini ta'minlaydi.