— Vaksinadan soʻnggi nojoʻya taʼsirlar agarda 1-bosqich emlashda kuzatilgan boʻlsa, yaʼni ularda emlanishdan keyin uch kun ichida tana xaroratining 38° darajagacha koʻtarilishi, vaksina olgan joyda qizarish, salgina ogʻriq yoki boʻrtib turishlar, baʼzida yengil 2-3 kunda oʻtib ketuvchi shamollash alomatlari, mushaklarda yoki boʻgʻimlarda 1-2 kunlik ogʻriqlar kuzatilgan boʻlsa, bu holatlar 2-bosqichdan keyin aynan shu odamlarda kuzatilishi ham, kuzatilmasligi ham mumkin.
Sababi, vaksinadan keyingi vaqtinchalik reaksiyalar inson organizmining individual moslashuvchanligidir.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.