Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining rasmiy telegram kanalida maʼlum qilindi.
Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afgʻoniston tashqi ishlar mahkamalari rahbarlarining oʻrinbosarlari hamda Yevropa tashqi faoliyat xizmati bosh kotibi oʻrinbosari ishtirok etishi kutilmoqda.
Yigʻilish qatnashchilari Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, tashqi siyosat sohasidagi umumiy tahdidlar va xavf-xatarlarni muhokama qiladilar.