Prezident farmoni bilan 2021-yil 1-iyuldan boshlab pensiya taʼminoti sohasiga bir qancha oʻzgarishlar kiritildi.

Xususan, belgilangan yoshga doir eng kam pensiya va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi hisobida qoʻshimcha toʻlov joriy etiladi. Yaʼni bugungi kunda belgilangan eng kam yoshga doir pensiya miqdori 513 ming 350 soʻm va undan kam pensiya oluvchilarning barchasiga pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi hisobida mablagʻlar qoʻshib toʻlab beriladi.

Shuningdek, ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalarning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda 256 ming 675 soʻmdan 400 ming soʻmga oshiriladi.

Amalda toʻliqsiz yoshga doir pensiyaning minimal miqdori belgilangan eng kam yoshga doir pensiyaning 50 foizidan yuqori miqdorda tayinlanadi. Mazkur pensiya 400 ming soʻm qilib belgilandi.

Yoshga doir eng kam miqdordan 565 ming soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik boʻyicha pensiyalari 565 ming soʻmga yetkaziladi. Pensiya tayinlash uchun talab etiladigan ish stajiga (ayollar uchun 20 yil, erkaklar uchun 25 yil) ega boʻlgan hamda bugungi kunda 513 ming 350 soʻmdan 564 ming 999 soʻmgacha pensiya oluvchi shaxslarning pensiyalari 565 ming soʻmga oshiriladi.

Hujjat bilan zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 ming 30 soʻmdan 400 ming soʻmga yetkaziladi.

Bunda I guruh boʻyicha nogironlik nafaqasi miqdori 430 ming 647 soʻmdan 465 ming 618 soʻmga oshiriladi.

Shu bilan birga, boquvchisini yoʻqotganlik:

pensiyasi oluvchilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun qoʻshimcha toʻlov joriy etiladi;

pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori 256 ming 675 soʻmdan 400 ming soʻmga oshiriladi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi;

nafaqasi oluvchi oilalarning barcha aʼzolarini qamrab olish maqsadida ularning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori 400 ming soʻm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun 150 ming soʻmdan qoʻshiladi.

Shu bilan birga, boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun 400 ming soʻmdan kam nafaqa tayinlanib toʻlanayotgan boʻlsa, uning nafaqa miqdori 400 ming soʻmga yetkaziladi va qolgan barcha mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun 150 ming soʻmdan nafaqa tayinlanadi.

Farmon asosida bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa oyiga 513 ming 350 soʻmdan 565 ming soʻmga oshiriladi.

Minimal pensiya va nafaqasi oshirilganlar soni maʼlum qilindi

Yangi kupyuralar, MIX va uning pensiyalarga taʼsiri – haftaning “pullik” xabarlari

1-iyuldan minimal pensiya va nafaqalar oshiriladi

Ispancha pensiya taqsimoti: fuqaro vafot etgan turmush oʻrtogʻining pensiyasini olishi mumkin