1-iyundan Cobalt va Lacetti narxlari oshadimi?

    Transport 17 May 2023 3129

    Bu kabi xabarlarga UzAuto Motors kompaniyasi izoh berdi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda 1-iyundan boshlab UzAuto Motors Damas, Labo, Cobalt va Lacetti avtomobillarining yangilangan versiyasini taqdim qilishi, Cobalt va Lacetti narxlari esa 20-23 ming dollardan boshlanishi haqida xabarlar tarqaldi.

    UzAuto Motors bu boʻyicha hech qanday maʼlumot taqdim qilmaganligini maʼlum qildi. Taʼkidlanishicha, ushbu maʼlumotlar hech qanday asosga ega emas va yolgʻon.

    "Turli sahifa egalarini odamlar eʼtiborini tortish uchun ular qiziqqan yoʻnalishda biror bir faktga asoslanmagan axborotni tarqatmaslikni soʻrab qolamiz.

    Kompaniya va mahsulotlar narxi haqida rasmiy sahifalarimiz orqali bilib olishingiz mumkin", deyiladi kompaniya xabarida.