Oʻzbekiston yana bir avtomobilsozlik kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

    Shu yilning 10-noyabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov “Proton Holdings” kompaniyasi vitse-prezidenti Aynol Azmil bin Abu Bakar bilan uchrashdi.

    “Proton Holdings” — Malayziyaning milliy avtomobilsozlik kompaniyasi boʻlib, 1983-yilda mamlakatning birinchi milliy avtomobil brendi sifatida tashkil etilgan. Kompaniyaning bosh ofisi Selangor shtatida joylashgan.

    Muzokaralar davomida Oʻzbekistonning sanoat salohiyatini mustahkamlash va yangi ish oʻrinlarini yaratishga qaratilgan hamkorlik loyihalarini amalga oshirish hamda sheriklik munosabatlarini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.