Samarqand viloyati Urgut tumanida 1 kilogramm 240 gramm ogʻirlikdagi opiy giyohvandlik vositasini sotayotgan ayol qoʻlga olindi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yil 21-avgust kuni Samarqand viloyati IIB jinoyat qidiruv boʻlimi xodimlari tomonidan Urgut tumani Oʻramas mahallasida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida Urgut tumani Mirzabogʻlon-Chep mahallasida yashovchi 1992-yilda tugʻilgan T.I. (ayol kishi) 18 ming AQSH dollari evaziga A. ismli shaxsga 1 kilogramm 240 gramm ogʻirlikdagi opiy giyohvand moddasini sotayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qoʻlga olingan.

Bundan tashqari, giyohvand moddani qoʻlga olingan shaxsga olib chiqishda yaqindan yordam bergan Sh.O. ham ushlangan.