Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari “Chuqursoy texnik idora” temir yoʻl chegara bojxona posti va “Chuqursoy” TIF bojxona posti xodimlari bilan birgalikda temir yoʻl konteynerida Fargʻona viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyati nomiga xorijdan keltirilgan yuk hujjatlariga asosan maishiy texnika va elektrod tovarlarini bojxona koʻrigidan oʻtkazishdi.
Natijada, ushbu konteynerda yoʻl yuk-kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilganidan ortiqcha boʻlgan, umumiy qiymati 1 mlrd. 188 mln. soʻmlik 7460 dona “mikser” va 140 dona “blender” tovarlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.