Bojxona organlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Davlat bojxona qoʻmitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida maishiy texnika tovarlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.

Xususan, qoʻshni mamlakatdan noqonuniy yoʻllar bilan olib kirilgan, tegishli hujjatlari boʻlmagan va qoʻlbola usulda “Samsung” brendi etiketkasi yopishtirilgan, umumiy qiymati 1 milliard soʻmlik 479 dona televizor va boshqa texnika tovarlarini poytaxtimizdagi qurilish bozorlarining biridan yama sifatida foydalanib, saqlab kelayotganligi aniqlandi.