Mazkur qonunda yirik hajmda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritgan xorijiy sarmoyadorlarga Oʻzbekiston fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda berish nazarda tutilmoqda.
Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi chet davlat fuqarosi boʻlgan yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalariga kamida 1 million AQSH dollari ekvivalentida sarmoya kiritgan jismoniy shaxsga yoxud taniqli olim, sportchi, madaniyat va sanʼat arbobiga nisbatan tadbiq etiladi.
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” DUK yoki Davlat xizmatlari markazi tomonidan berilgan chet davlat fuqarosi boʻlgan yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalariga kamida 1 million AQSH dollari ekvivalentida sarmoya kiritganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma beriladi.