Jumladan, joriy yilning 24-iyun kuni DXX Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan Xovos tumanida yashovchi fuqaro “A.L.S”ning arizasiga binoan oʻtkazilgan tezkor tadbir jarayonida Boyovut tumani Bandlikka koʻmaklashish markazi Mehnat huquqi inspektori yordamchisi, 1988-yilda tugʻilgan Sayupov Djaxongir Mamarasulovich Boyovut tumani tibbiyot birlashmasiga hamshiralik lavozimiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 300 AQSh dollari miqdorda pora olayotgan vaqtga qoʻlga olindi.

Bundan tashqari, Dj.Sayupov Boyovut tumanida yashovchi yana bir fuqaro “I.M.”dan Boyovut tumani Tibbiyot birlashmasiga hamshiralik lavozimiga ishga kiritish uchun hamkasbi, Boyovut tumani Bandlikka koʻmaklashish markazi Jamoat ishlari mutaxassisi yordamchisi 1986-y.t. Poʻlatov Asqar Abdugʻaniyevichning imkoniyatlari orqali avval ham 300 AQSh dollari miqdorda pora olganlik holati aniqlandi.

Olib borilgan tadbir davomida Dj.Sayupov joriy yilning 18-iyun kuni Boyovut tumanida yashovchi yana bir fuqaro “X.L.A”dan Boyovut tumani Tibbiyot birlashmasiga farroshlikka ishga joylashtirishga amaliy yordam berish uchun 2,4 mln soʻm miqdorida pul olganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.

Hozirda Sirdaryo viloyati IIB tomonidan Dj.Sayupov va A.Poʻlatovga nisbatan OʻzRJKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashda jahon mamlakatlari tajribasini oʻrganish shuni koʻrsatadiki faqatgina jinoiy qonunchilikni ogʻirlashtirish yoʻli bilan bu salbiy illatga qarshi kurashib boʻlmaydi. Bu illatni yengish uchun birinchi navbatda rahbar xodimlarning masʼuliyati va aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik institutlari faoliyatini kuchaytirish lozim boʻladi.