1-noyabrdan avtomobilga gaz ballon oʻrnatilganidan soʻng “texpasport”ni almashtirish talab etilmaydi

    Shu yilning 1-noyabrdan boshlab mamlakatimizda avtomobilga gaz ballon oʻrnatilganidan soʻng “texpasport”ni almashtirish talab etilmaydi.

    Bu haqda YHXX xabar qildi.

    Qayd etilishicha, Oʻzbekiston prezidentining 2025-yil 16-sentyabrda “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan.

    Unga koʻra, 2025-yil 1-noyabrdan boshlab transport vositasiga gaz balloni oʻrnatilganligiga oid maʼlumotlarni elektron shaklda yuritish orqali transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi.