1-sentyabrdan MDH mamlakatlari fuqarolari uchun Rossiyaga kirish tartibi o‘zgaradi

    Dolzarb 21 Iyun 2021 1216

    2021-yil 1-sentyabrdan Rossiya Federatsiyasiga kirish MDH mamlakatlarining barcha fuqarolari uchun faqat «Puteshestvuy bez COVID-19» (COVID-19siz sayohat qil) ilovasi orqali kirish mumkin bo‘ladi.

    «Barcha mamlakatlarga qo‘shilish qat’iy tavsiya etilgan», — deb e’lon qildi MDH Iqtisodiy kengashi yig‘ilishida Rossiya Federatsiyasi Bosh vazir o‘rinbosari Aleksey Overchuk. U - iyuldan «COVID-19siz sayohat qil» ilovasi orqali kirish Yevroosiyo iqtisodiy kengashiga a’zo mamlakatlar uchun, 1-sentyabrdan esa Rossiya ushbu tartibni MDH mamlakatlari uchun ham joriy etilishiga aniqlik kiritdi.

    «Hamdo‘stlik mamlakatlari odamlari uchun Rossiyaga kirib kelish imkoni bo‘lishi uchun bunga juda jiddiy munosbatda bo‘lishingizni so‘rayman», — deb ta’kidladi Overchuk.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, raqamli platforma qalbaki ma’lumotlardan chetlashishga yordam beradi. Afsuski, bunday holatlar hozir juda ko‘payib ketgan va ularni tekshirishning iloji yo‘q, deb yozadi «AsiaRlus».

    Yevroosiyo iqtisodiy kengashiga a’zo mamlakatlar fuqarolari uchun integratsion birlashma hududida pandemiya sharoitida erkin va xavfsiz harakatlanishi uchun tuzilgan «COVID-19siz sayohat qil» ilovasi joriy yil fevral oyida ishga tushirilgan edi. U iOS va Android operatsiya tizimlari uchun ham ochiq bo‘ladi.

    Mazkur platforma yordamida koronavirusga test o‘tkazish uchun klinika tanlash va tahlil natijalarini olish mumkin. Ular havolada saqlanadi va aks etadi.

    Ilova Yevroosiyo iqtisodiy kengashiga a’zo mamlakatlari o‘rtasida sayohatga chiqish oldidan Covid-19ga tahlil topshirish uchun yaqin eng yaqin laboratoriyani topish imkonini ham beradi. Bunda chegarani kesib o‘tish paytida nazoratchiga tahlil natijasi bo‘yicha QR-kodni ko‘rsatish kerak bo‘ladi.