1 soʻmlik davlat aktivi 2,9 milliard soʻmga sotildi

    Moliya 4 Yanvar 2021 382

    Samarqand shahridagi 1 soʻmlik davlat aktivi 2,9 milliard soʻmga sotildi.

    Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi boshlangʻich narxi 1 soʻmlik boʻsh turgan bino onlayn auksion savdolarida 2,9 milliard soʻmga sotildi, deb xabar beradi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati. Ushbu mulk uchun savdolar 15 nafar ishtirokchi oʻrtasida qizgʻin kechdi.

    Auksion gʻolibiga 24 oy muddatda 4 milliard soʻm investitsiya kiritish hamda 28 ta yangi ish oʻrni yaratish va mehmonxona faoliyatini tashkil etish majburiyati yuklatiladi.

    Xabarda shuningdek, ushbu davlat aktivi 0,27 gektar yer maydoniga ega ekanligi ham maʼlum qilingan.