1 yanvardan qonunchilikda qanday o'zgarishlar bo'ladi?

    2022-yil 1-yanvardan qonunchiligimizdagi oʻzgarishlar tufayli fuqarolarimiz uchun bir qancha qulayliklar yaratiladi.

    Pensiya va nafaqalar naqd pul shaklda mahalla fuqarolar yigʻinlariga, fuqarolarning yashash manzillariga yetkazib beriladi.

    Yuridik shaxslar tomonidan koʻchmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyiladi.

    Pedagog kadrlarga qogʻoz shaklidagi attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikat berish amaliyoti bekor qilinib, elektron shakldagi sertifikat berish tartibi joriy etiladi.

    Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan oʻtkazish mexanizmi joriy etiladi.

    Har yili yetishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosilining bir kilogrammi uchun 5 ming soʻm miqdorida xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga subsidiya ajratiladi.

    Respublikaning istalgan hududida ID-kartalarni olish va almashtirish imkoniyati yoʻlga qoʻyiladi.

    IELTS sertifikatiga ega davlat boshqaruv idoralari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

    Yuqori natija koʻrsatilganda imtihon topshirish xarajati qoplab beriladigan xalqaro imtihon tizimlari roʻyxati kengayadi.

    Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz soligʻi olish bekor qilinadi.

    Tabiiy monopoliya subyektlari, bozorda ustun mavqega ega boʻlgan subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi.