Sammitda Yevroosiyoning muhim strategik hududlarida joylashgan turkiy dunyo mamlakatlari rahbarlari ishtirok etishi koʻzda tutilgan.
Oʻzbekiston tashkilotning muhim aʼzolaridan biri hisoblanadi. Shu paytga qadar davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 30 dan ortiq tashabbusning aksariyati amaliyotga joriy etilgan.
TDT Samarqand sammiti aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi barcha yoʻnalishlardagi hamkorlikni yangi bosqichga koʻtaradi.