Mamlakatimiz sud organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, sohaga oid islohotlarni chuqurlashtirish, odil sudlovni adolat, xolislik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshirish orqali Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga munosib hissa qo‘shayotgani, yuksak professional mahoratini namoyon etib, xizmat burchini o‘z kasbiga sadoqat bilan bajarib kelayotgani, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Astanova Umsun - O‘zbekiston sud organlari faxriysi
«Do‘stlik» ordeni bilan
Balkibayeva Janagul Ismaylovna - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi
«Mardlik» ordeni bilan
Rabiyeva Muxabbat Mirjalilovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi
«Jasorat» medali bilan
Yeshnazarova Gulistan Allanazarovna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi
Shamsutdinova Elza Rifovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Asranova Gulnoraxon Abdurasulovna - Andijon viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi
Boltaxodjayeva Iroda Abdukarimovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi
«Shuhrat» medali bilan
Aymaganbetova Janat Bisenbayevna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining sudyasi
Dusmatova Mahsuda Musurmonovna - Toshkent viloyati sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi
Yulchiyeva Soxibaxon Qodirjonovna - Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining raisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev