Agar biror fan zamonaviylikdan ortda qolsa, uni saqlab turishda nima maʼno bor? 10 mingdan ortiq maktabdan 842 tasining birorta bitiruvchisi oliy oʻquv yurtiga kira olmagan. Buni qanday baholash mumkin?
Biz «Bolalar yomon boʻlib ketdi« degan fikrdan voz kechishimiz kerak. Oʻzimizga savol qoʻyaylik – ularni yaxshi qilish uchun nimalar qildik?! Baribir ular oʻzimizning farzandlarimiz.
Sizlar bilan bir tanu bir jon boʻlib, jonajon Oʻzbekistonimizning kelajagi haqida oʻylashimiz shart», — Shavkat Mirziyoyev