10 oyda 23,9 ming tonna goʻsht importi amalga oshirilgan

    Agrosektor 2 Dekabr 2021 2595

    2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston xorijdan 23,9 ming tonna goʻsht import qilgan.

    Goʻsht importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,3 ming tonnaga oshgan.

    2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston eng koʻp goʻsht import qilgan davlatlar:

    Belarus – 16,2 ming tonna

    Qozogʻiston – 3,5 ming tonna

    Ukraina – 2,3 ming tonna

    Rossiya – 606 tonna

    Moldova – 600 tonna

    Oʻzbekistonda 2021-yilning 9 oyida 1,9 million tonna goʻsht yetishtirilgan, deb xabar beradi Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati.