Goʻsht importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,3 ming tonnaga oshgan.

2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston eng koʻp goʻsht import qilgan davlatlar:

Belarus – 16,2 ming tonna

Qozogʻiston – 3,5 ming tonna

Ukraina – 2,3 ming tonna

Rossiya – 606 tonna

Moldova – 600 tonna

Oʻzbekistonda 2021-yilning 9 oyida 1,9 million tonna goʻsht yetishtirilgan, deb xabar beradi Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati.