Ushbu mablagʻlarning umumiy miqdori 916 mln 718 ming soʻmni tashkil etdi. Tashabbus Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirildi.
30-dekabr kuni Toshkent shahrida tanlov gʻoliblarining xonadonlariga tashrif buyurilib, farzandlarining kontrakt toʻlovi qoplangani haqidagi maxsus sertifikatlar topshirildi. Tadbirda qoʻmita raisi maslahatchisi Lola Rahmanbayeva hamda agentlik direktori Sharifbek Hasanov ishtirok etdi. Uchrashuvlar Yangi yil bayrami arafasida oʻz kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan xodimlar uchun ramziy va maʼnaviy ahamiyat kasb etdi.
azkur yordam “Tabiat uygʻunligi himoyachisi” tanlovi doirasida koʻp yillar davomida sanitar tozalash va obodonlashtirish sohasida halol mehnat qilgan xodimlar orasidan tanlab olindi. Tanlov Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-avgustdagi 514-son qarori asosida tashkil etildi. Jami 182 nafar nomzod ariza topshirgan boʻlib, shaffof va adolatli baholash natijasida 100 nafar eng munosib ishtirokchi gʻolib deb topildi.
Gʻoliblar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan saralandi. Kontrakt toʻlovlari agentlikning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplab berildi. Ushbu tashabbus inson qadrini ulugʻlash, mehnatkash xodimlarni eʼzozlash hamda ularning farzandlari uchun taʼlim orqali mustahkam kelajak yaratishga qaratilgan boʻlib, amalda “ijtimoiy lift” tamoyilining yorqin ifodasi boʻldi.