Forum davomida 100 ga yaqin targʻibotchiga notiqlik, pedagogik, psixologik salohiyatini oshirish, shuningdek, ularning oʻquvchi-yoshlar orasida ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga bagʻishlangan seminar tashkil qilindi va “Maʼnaviyat, zamonaviy tarbiya uslublari va auditoriya bilan ishlashda psixologik yondashish”, “Omma bilan ishlashning yangicha usul va metodlari, targʻibotchilarning notiqlik mahorati” mavzulari yuzasidan yosh targʻibotchilar bilan maʼruza qilindi va ilmiy-amaliy munozaralar oʻtkazildi.
Shuningdek, ziyolilar “Maʼnaviyat. Asosiy tushunchalar lugʻati” kitobi haqida ham toʻxtalib oʻtishdi. Kitobga maʼnaviyat va maʼrifat yoʻnalishiga oid 1000 dan ortiq atama va tushunchalar izohi kiritilgani, lugʻatni tuzish va unga tartib berishda soʻz, atama va iboralarni sharhlashda konseptual-nazariy fikrlar, taʼrif va xulosalar asos qilib olinganini bildirildi.