Premyera ertaga 1-iyun kuni Kinochilar uyida boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “101 reys” kinokartinasining ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Akrom Shahnazarov, postanovkachi operator Dilmurod Turdiboyev, rassom Alisher Toʻlaboyev, liboslar boʻyicha rassom Shahnoza Abdullajonova, rejissyor Goʻzal Yusupova, montaj ustasi Xurshid Alixoʻjayev, bosh prodyuser Firdavs Abduxoliqov, badiiy rahbar Erkin Aʼzam, ijrochi prodyuser Aziz Qurbonov.
Premyeradan avval soat 19:00 da taniqli kinoijodkorlar ishtirokida anʼanaviy qizil yoʻlakcha va shou tomoshalar taqdim etiladi. Bu haqida Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.