“103” xizmatida tez tibbiy yordam brigadalari soni qariyb 2 840 taga yetdi

    2017-yilda atigi 24 ta boʻlgan reanimobillar soni 2024-yilning ayni davriga kelib, 510 taga yetkazildi.

    Sogʻliqni saqlash tizimida uzoq yillar foydalanib kelingan, eskirib qolgan va zarur tibbiy jihozlar bilan taʼminlanmagan avtotransport vositalarining 80 foizi yangilanib, 2 224 ta eng zamonaviy avtomashinalar foydalanishga topshirildi. 2017-yilda atigi 24 ta boʻlgan reanimobillar soni 2024-yilning ayni davriga kelib, 510 taga yetkazildi.

    Shuningdek:

    • 2017-yil 818 ta tez tibbiy yordam shaxobchasi faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 2024-yil ular soni 1 766 taga koʻpaydi;
    • tez tibbiy yordam brigadalari soni ushbu davrda 1 648 tadan 2 838 taga yetdi;
    • “Tez yordam”ning xizmat koʻrsatish radiusi shaharlarda 25-30 km.dan 9-12 km.ga qisqardi;
    • hududlarda 39 ta tumanlararo qoʻshma shikastlanish va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etildi;
    • oxirgi yillarda sohaga 1 000 dona zamonaviy Volkswagen Caddy rusumli avtomobillar yetkazib berildi va tizimdagi barcha avtotransport vositalari GPS-treker bilan taʼminlandi;
    • mamlakatimizning barcha hududlarida tez tibbiy yordam boʻyicha elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etildi;

    bitta chaqiriqqa dori-darmon uchun ajratilayotgan mablagʻlar miqdori 16 baravarga, dori-darmon turlari esa 20 tadan 45 tagacha oshirildi.

    Albatta bunday ijobiy oʻzgarishlar tufayli mazkur yoʻnalishda bemorlarga yuqori sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish imkoni yaratilib, tez yordam xizmati xalqaro talablarga toʻliq javob beradigan muhim boʻgʻinga aylanmoqda.