Bojxonachilar tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanuvini oldini olish yuzasidan muntazam tezkor tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan Toshkent shahar IIBB YPXB xodimlari bilan hamkorlikda Sergeli tumanida oʻtkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida fuqaro boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.

Natijada, transport vositasining orqa yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, Oʻzbekiston Respublikasiga qonuniy olib kirilganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari boʻlmagan va markirovka qilinmagan qiymati 103 mln. 200 ming soʻmlik, jami 54 dona “Redmi” va “Samsung Galaxy “ markali telefonlar borligi aniqlandi.