Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Qor koʻchishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Muhim hodisalar

10-15-aprel kunlari respublikamizning togʻli tumanlarida qor koʻchishi xavfi bor.

12-14-aprel kunlari respublikamizning ayrim tumanlarida yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi. Baland togʻli joylarda yogʻingarchilik boʻladi (yomgʻir, qor yogʻadi).

12-15-aprel kunlari respublikamizning togʻoldi va togʻli tumanlarida sel kelishi xavfi bor.