11-fevral kungi ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

    Ertaga Respublikamizda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.

    “Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 1-3 daraja iliq boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati;

    havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda biroz qor yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.

    Buxoro, Navoiy viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda biroz qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.

    Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

    Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

    Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

    Respublikaning togʻli hududlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.