Ayrim shaxslar tomonidan yirik miqdordagi tovar-moddiy boyliklarni yurtimiz hududiga turli qingʻir yoʻllar orqali olib kirishga boʻlgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan ana shunday qingʻirliklardan yana biri fosh etildi.
Unga koʻra, xorijdan Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan 259 ming 200 dona “mevali salqin ichimliklar” bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Natijada, jamiyat vakillari bojxona yuk deklaratsiyasida tovarlarning netto vaznlarini kam koʻrsatganligi, ekspertiza xulosasiga asosan tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodini bojxona stavkalari past boʻlgan tovar kodlari asosida tasniflanganligi aniqlandi.
Shuningdek,mazkur tovarlarning koʻzdan kechiruvi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.02.2020-yildagi PQ-4594-sonli qaror talablariga asosanishlab chiqaruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida (lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida) markirovka qilinishi lozim boʻlsada, ularning qadogʻida oʻzbek tilidagi markirovka mavjud emasligi maʼlum boʻldi.
Qiymati 1 mlrd. 166 mln. soʻmlik mazkur ichimliklar yorliqlanishi boʻyicha foydalanishga yaroqsiz ekanligi natijasida vaqtincha savlovga olindi.