Reyd tadbirlari davomida oʻzining tomorqa yerlarida bugʻdoy somoni poyalarini yoqib yuborgan 11 nafar fuqaroga chora koʻrildi.

Qonunbuzarlar Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4,24-moddalari buzilishiga yoʻl qoʻygan.

Shu sababli belgilangan tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, deb xabar bermoqda Davlat Ekologiya qoʻmitasi matbuot xizmati.