Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligi sammitni yoritish uchun xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish boshlanganini maʼlum qildi.

Xorijiy OAV vakillarining arizalari 2022-yil 4-noyabr Toshkent vaqti bilan soat 18:00 ga qadar Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ots-press@mfa.uz elektron manzili orqali qabul qilinadi, deyiladi eʼlonda.