Oʻtgan 11 oyi mobaynida shaharda aholi bandligiga koʻmaklashish, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni bandligini taʼminlash borasida Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Bugun shaharda mehnatga layoqatli aholi soni 318,1 ming kishini tashkil etib, shundan 253,6 ming kishi iqtisodiy faol aholi hisoblanadi.
Ularning 23,3 mingga yaqini ish oʻrinlariga muhtoj, ishsizlik darajasi ayollar oʻrtasida 12 foizni va yoshlar oʻrtasida 14,4 foizni tashkil qilmoqda.
Bu yildan shahar Bandlika koʻmaklashish markazi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga “Yagona oyna” tamoyili asosida xizmatlar koʻrsatish tizimi joriy qilindi.
Natijada joriy yilning oʻtgan davrida 6 ming 942 nafar fuqaroga bandlik sohasidagi xizmatlar koʻrsatildi.
Xususan, 3 ming 830 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ish joylariga ishga joylashtirildi, 483nafar fuqaro mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitildi. 34 nafar ishsizlarga ishsizlik nafaqasi tayinlanib, ijtimoiy muhofazaga olindi, 616 nafar yaqin fuqaroga mehnat bandlik masalalari boʻyicha huquqiy maslahat xizmatlari koʻrsatildi.
2020-yilda band qilingan 4 ming 401 ta ish oʻrinlariga 3 ming 610 nafar ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar ishga joylashtirildi.
Bundan tashqari, 2 ming 736 nafar fuqaro haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etildi hamda ularning ish haqi toʻlovi uchun Jamoat ishlari jamgʻarmasidan 3 milliard 351 million 116 ming soʻmdan ortiq mablagʻ moliyalashtirib berildi.
64 nafar ogʻir turmush sharoitida yashovchi ayollarning bandligini taʼminlash boʻyicha manzilli ishlar tashkil qilinib, oʻtgan davr mobaynida ularning barchasini bandligi taʼminlandi.
Jumladan, 2 nafari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida ishga tushayotgan korxonalarda yaratilayotgan ish oʻrinlariga, 4 nafari mavjud korxonalardagi boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga, 8 nafari kvota ish oʻrinlariga, 2 nafari hunarmandchilik yoʻnalishida va 48 nafari boshqa yoʻnalishlarida bandligi taʼminlandi.
Shuningdek, Samarqand shahrida ishsiz, band boʻlmagan fuqarolar, ayniqsa migrantlarni kasb-hunarga oʻqitish maqsadida, qator oʻquv markazlari tashkil etilib, uruvchilik, suvoqchilik, payvandchilik, santexniklik, gʻisht teruvchi va boshqa yoʻnalishlarda kasbga oʻqitilmoqda.
1 ming 671 nafar xotin-qizlar doimiy ish joylariga ishga joylashtirildi, 296 nafar xotin-qizlarni kasbga oʻqitildi, 25 nafar ishsizlarni ishsizlik nafaqasi bilan taʼminlanib, ijtimoiy muhofazaga olindi, 184 nafar yaqin xotin-qizlarga mehnat bandlik masalalari boʻyicha huquqiy maslahat xizmatlari koʻrsatildi.
Bundan tashqari, 1 ming 262 nafar xotin-qizlar haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etildi hamda ularning ish haqi toʻlovi uchun jamoat ishlari jamgʻarmasidan 786 million 895 ming soʻm mablagʻ moliyalashtirib berildi.
L.Suvonov