11 oyda qancha karam eksport qilingani ochiqlandi

    Oʻtgan yilning 11 oyi mobaynida eng koʻp Rossiya va Qozogʻiston davlatlariga karam eksport qilingan.

    Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yil yanvar noyabr oylarida qiymati 47,6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 169,8 ming tonna karam eksport qilgan.

    2024-yilning 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp karam eksport qilgan davlatlar:

    — Rossiya – 88 646 tonna;

    — Qozogʻiston – 67 877 tonna;

    — Qirgʻiz R. – 8 565 tonna;

    — Belarus – 2 973 tonna;

    — Latviya – 1 311 tonna;

    — Boshqa davlatlar – 402 tonna karam eksport qilingan.