Bilimdon oʻquvchimiz mazkur xalqaro tanlovda “Zamonaviy taʼlimni rivojlantirish” boʻyicha ilmiy ishi bilan ishtirok etdi. Ilmiy ishga kiritilgan maktablardagi taʼlimni rivojlantirish va sohaga zamonaviy taʼlimni tatbiq etish boʻyicha oʻz fikrlari hakamlar tomonidan yuqori baholandi.

“Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021” xalqaro tanlovida MDH davlatlaridan 1000 nafarga yaqin ishtirokchilar qatnashdi. Ulardan 100 nafarga yaqin ishtirokchilarning ilmiy ishlari tanlov uchun saralab olindi. Tanlovda qatnashgan ishtirokchilarning 50 nafari fan, taʼlim, siyosat, biologiya, kimyo, tilshunoslik va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha gʻolib deb topildi. Ushbu tanlovda yurtimizdagi maktab oʻquvchilari uchun aniq va gumanitar fanlar boʻyicha IT asosida taʼlim berish boʻyicha tayyorlagan ilmiy ishim bilan ishtirok etdim. Maktablarda internetdan toʻgʻri foydalanish, barcha darslarni axborot texnologiyalari - planshet, noutbuk orqali tashkil etish boʻyicha tashkil etish taklifi bilan chiqdim.

Ilmiy ish yozish jarayonida 10 ga yaqin mamlakatlar, Rossiya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, AQSH, Saudiya Arabistoni kabi davlatlar taʼlim sohasi bilan yaqindan tanishdim. Rivojlangan davlatlarda taʼlim jarayonida axborot texnologiyalaridan koʻp foydalanish kabi metodlar meni oʻziga jalb etdi. Oʻquvchilarga darslar zamonaviy texnologiyalar va internet programmalari orqali oʻtilishi, yoshlarni oliy taʼlimga kirishi uchun emas, ularni hayotga tayyorlab taʼlim berilishi manzur boʻldi. Yurtimizdagi Prezident maktabi oʻquvchilari bilan suhbatlashganimda, ularning ham asosiy maqsadi oliy taʼlim muassasasiga kirish emas, oʻz mutaxassisligi boʻyicha yaxshi kadr boʻlib yetishish ekanligini bildirdi. Bu maqsad Gollandiya taʼlimi bilan bir xil ekani menga manzur boʻldi.

Kamoliddin Akbaraliyev xalqaro tanlovda yuqori natijani qoʻlga kiritib, koʻkrak nishoni va diplom bilan taqdirlandi. Bu yutugʻidan soʻng u yana muvaffaqiyatga erishdi. 21-22-may kuni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida BMTning narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan “TASHKENT INTERNATIONAL MODEL UNITED NATIONS” anjumanida oʻzining ilmiy loyihasi bilan ishtirok etib, sertifikatni qoʻlga kiritdi.

Kamoliddinning kelgusidagi orzusi ham barcha yoshlarga oʻrnak boʻladigan darajada oliy! Iqtidorli oʻquvchining yagona maqsadi - chet elda taʼlim olib, yurtimizning taʼlim sohasini rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshishdir.