Bojxona ko'rigidan o'tkazish davomida bojxona ekspertizasi ham tayinlandi. ekspertiza xulosasiga asosan, bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasida “Trikotaj mato” deb ko'rsatilgan tovarlar aslida “sun`iy toladan bosilgan mato hamda sun`iy iplardan bosilgan mato” tovarlari ekanligi ma'lum bo'ldi.
Qiymati 11 mlrd. 487 mln so'mni tashkil etgan mazkur “sun'iy tola hamda sun'iy iplardan bosilgan mato” tovarlari vaqtincha saqlovga olindi.
Dastlabki hisob-kitobga ko'ra, ushbu tovarlar uchun 622,5 mln so'm qo'shimcha bojxona to'lovlari hisoblandi.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi matbuot xizmati