Ispaniyalik Morera 17-yanvar kuni opasi Andre (Lyusil Tulon) vafot etgach, dunyodagi eng keksa ayolga aylandi.
Mariya Branyas Morera ikkinchi jahon urushini, ispan grippi hamda koronavirus pandemiyasiga guvoh bo'lgan. Ayol hozirda Ispaniyada Residencia Santa Maria del Tura deb nomlangan qariyalar uyida yashaydi.
Pansionat xodimlari so'zlariga ko'ra, Morera o'zini yaxshi his etmoqda va boshqalar ko'rsatayotgan e'tibordan minnatdor.
2020-yilda Morera yuz yoshdan oshganlar orasida koronavrusdan birinchi bo'lib tuzalgan inson sifatida mashhur bo'lgan edi.
Mariya Branyas Morera kataloniyalik shifokor Joan Moret bilan turmush qurgan hamda ular uch farzandli bo'lishgan. Hozirda uning 11 nafar nevarasi va 13 nafar chevarasi bor.