Bu esa 2021 yilning shu davridagiga nisbatan 11,6 foiz ko'p demakdir.

Meva-sabzavotlar eksportida qiymati jihatidan uzum (mayizni qo'shgan holda) eng katta ulushga ega - 10,9 foiz. Undan keyingi o'rinlarni pomidor – 9,4 foiz, mosh – 9,1 foiz, gilos – 7,4 foiz, karam – 7,2 foiz, piyoz – 5,2 foiz, shaftoli – 4 foiz, qovun va tarvuz – 3,6 foiz bilan egalladi. 2022 yilning yanvar`-iyun` oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavotlarning ulushi 4,5 foizni tashkil etdi.

Meva-sabzavotlarning asosiy qismi Rossiya (36,3%), Qozog'iston (24,5%), Xitoy (9,8%), Pokiston (4,9%), Qirg'iziston (4,8%) Afg'oniston (3,5%) va Belarus` (2,5%) kabi mamlakatlarga eksport qilingan.

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti axborot xizmati