Bu haqda Rossiya Fanlar Akademiyasi M. V. Keldish nomidagi Amaliy matematika instituti xabarida aytildi.
“2023-yil 12-iyun kuni Yerga yirik (diametri 500 metrdan ortiq) potensial xavfli asteroid (488453) 1994 XD yaqinlashadi. Asteroid (488453) 1994 XD 3,1 million kilometr masofadan uchib oʻtadi, bu taxminan Oygacha boʻlgan oʻrtacha masofadan 8 baravar koʻp”, — deyiladi institutning Telegram-sahifasida.
Obyekt Kitt-Pik rasadxonasida 1994-yil 1-dekabrda topilgan, deb xabar bermoqda tass.ru.