Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda respublikamizdagi barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 12,4 mln tonna sut yetishtirilgan.

Xoʻjalik toifalari boʻyicha yetishtirilgan sut hajmi quyidagicha:

— Fermer xoʻjaliklarida — 740,6 ming tonna;
— Dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida — 11 512,3 ming tonna;
— Qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda — 190,9 ming tonnani tashkil etgan.