Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan iqtidorli shaxmatchimiz Begmuratova Sarvinozga ayollar oʻrtasida FIDE sport ustasi unvoni berildi.

Begmuratova Sarvinoz ushbu unvonni 12 yoshida qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston shaxmati tarixida eng yosh ayollar oʻrtasidagi FIDE sport ustasi sifatida tarixga kirdi.

Maʼlumot uchun: 2019-yilda 13 yoshida Omonova Umida mazkur unvonga sazovor boʻlgan edi.