Ushbu haftalik dasturlarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablardan tashqari xalq taʼlimi tizimidagi maktablar oʻqituvchilari ham ishtirok etib, xorijiy va mahalliy mutaxassislardan saboq olmoqda.

Treninglar davomida ishtirokchilar oʻqituvchilik faoliyatidan farqli ravishta yoshi katta auditoriya bilan ishlash koʻnikmasi, fasilitatorlik mahorati, kichik guruhlarda dars oʻtish mahorati, fedbek berish, oʻqituvchilik va trenerlik tamoyillari, ijobiy muhit yaratish koʻnikmalari boʻyicha dars oldilar. Ular 1 haftalik amaliy mashgʻulotlardan oʻtib, mahoratlarini oshirishgach, oʻz maktabiga borib, oʻqituvchilarga trening oʻtishi koʻzda tutilgan.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur haftalikning oʻziga xos jihati shundan iboratki, avval bu kabi treninglar faqat ingliz tili oʻqituvchilari uchun oʻtkazilgan boʻlsa, bu gal barcha fan oʻqituvchilari uchun moʻljallangan. Trening mashgʻulotlari 7-12-fevral kunlari boʻlib oʻtadi.