Qayd etilishicha, Asilbek Ashurov, u Guliston shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi boʻlib, u AQSHning nufuzli Chikago universitetiga 420 000 AQSH dollar miqdoridagi toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, u Chikago universitetining toʻliq grantini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik oʻquvchi sifatida tarixga kirdi.
Aytish joizki, Chikago universiteti dunyodagi eng nufuzli oliygohlardan biri boʻlib, xalqaro miqyosda oʻzining ilmiy tadqiqotlari, yuqori sifatli taʼlimi va kuchli akademik anʼanalari bilan tanilgan.
QS “World University Rankings” va “Times Higher Education” kabi xalqaro reytinglarda Chikago universiteti doimiy ravishda eng yuqori oʻrinlarni egallab keladi. Hozirda ushbu universitet dunyo miqyosida 14-oʻrinda turadi.