Tadbir davomida, «ISUZU» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 125,6 million so‘mlik, 64 dona changyutgichlar, 6 000 dona cho‘g‘lanma lampochkalar borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilyapti, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.