Yurtimizdan qoʻshni mamlakatga chiqib ketmoqchi boʻlgan fuqaro Sh.Sh. bojxona xodimlari tomonidan shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilishi natijasida, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda ham maʼlum qilinmagan jami 13 000 AQSH dollari miqdordagi valyuta mablagʻlarini qoʻl sumkasining ichki astar qismiga yashirgan holda noqonuniy ravishda bojxona posti orqali olib oʻtmoqchi boʻlganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur xolat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.