Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 10–12 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 24–26, kunduzi 39–41 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7–12 m/s, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 20–25, kunduzi 35–40 daraja bo‘ladi.
Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20–25, kunduzi 35–40 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 21–26 daraja, cho‘l hududlarida ayrim joylarda 27–30 daraja, kunduzi 38–43 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 21–26, kunduzi 37–42 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21–26, kunduzi 37–42 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo kam bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 21–26, kunduzi 35–40 daraja atrofida bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 15–20, kunduzi 28–33 daraja bo‘ladi.