13,5 million so'mdan ziyod asossiz qarzdorlik bartaraf etildi

    Namangan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Bo'ston" mahallasida yashovchi S.F. tomonidan murojaat kelib tushgan.

    Unga ko'ra, fuqaro 2021-yilda yangi yashash hovlisi uchun elektr hisoblagich o'rnatish maqsadida Davlat xizmatlari markazi orqali "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan tumani bo'limiga ariza bergan. Iste'molchining ikki marotaba takroran bergan arizasi mas'ullarning e'tiborsizligi oqibatida o'rganib chiqilmagan va ijro intizomiga rioya etilmagan. 2023-yil may oyida esa elektr tarmog'iga noqonuniy ulangani to'g'risida dalolatnomaga asosan, fuqaro S.F.ga 13 million 567 so'm 50 so'm jarima belgilangan.

    Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganilib, fuqaroning Davlat xizmatlari markazi orqali bergan arizasiga asosan ushbu qarzdorlik asossiz, deb topildi. Fuqaro tomonidan bugungi kunga qadar foydalangan elektr energiyasi uchun 1 million 900 ming so'm pul mablag'i qayta hisob-kitob qilinib to'landi va yangi elektr hisoblagich o'rnatib berildi.

    Natijada, iste'molchining 13 million 567 ming 50 so'm noreal qarzdorligi bartaraf etilishiga erishildi.