13,5 ming nafarga yaqin abituriyent qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etildi

    Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning:

    180 ming nafarga yaqini — umumiy qabul parametrlari doirasida;

    13,5 ming nafarga yaqini — imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qoʻshimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.

    Jumladan:

    • nogironligi boʻlgan shaxslar — 3,5 ming nafar;
    • “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari boʻlgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar — 261 nafar;
    • muddatli harbiy xizmatni oʻtab, harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega boʻlganlar — 4,2 ming nafar;
    • harbiy xizmatchilarning farzandlari — 2,1 ming nafar;
    • Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari — 720 nafar;
    • ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar — 1,9 ming nafar;
    • kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar — 351 nafar.